Выберите язык

📌 FILTRLANGAN ICHIMLIK SUVI SIFATI YUZASIDAN MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI

Kattaqo‘rg‘on shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 1091 ishonch telefoni orqali fuqaro J.N  tomonidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda xonadoniga tadbirkor tomonidan filtrlangan ichimlik suvi yetkazib berilgani, biroq ushbu suvning sifati hamda iste'mol qilish uchun yaroqliligiga shubha bildirilib, holatni o‘rganishda amaliy yordam so‘ralgan.

Mazkur murojaat Kattaqo‘rg‘on shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, tadbirkor ishtirokida joyiga chiqildi.

 O‘rganish davomida filtrlangan ichimlik suvining sifati va iste'molga yaroqliligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, xonadonga yetkazib berilgan filtrlangan ichimlik suvi amaldagi sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi hamda iste'mol qilish uchun yaroqli ekani aniqlandi. Holat yuzasidan murojaatchiga batafsil tushuntirishlar berildi va uning murojaati belgilangan tartibda ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening