Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida iste’molchi huquqlarini himoya qilish bo‘yicha murojaat amaliy natija bilan yakunlandi.
Sho‘rchi tumani Go‘zallik mahallasida yashovchi fuqaro Saotova Malika Abdurashid qizi tomonidan 2026-yil 22-iyul kuni O‘zbekiston iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091-ishonch telefoni orqali murojaat yo‘llangan.
Murojaatda fuqaro 2026-yil 20-iyul kuni tuzilgan №07647821-sonli shartnoma asosida xarid qilingan maishiy texnika — kir yuvish mashinasi o‘z vaqtida yetkazib berilmagani hamda boshqa masalalar yuzasidan yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat Sho‘rchi tumani iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborilib, jamiyat mas’ul xodimi O. Toshbalov tomonidan Sho‘rchi tumanida joylashgan Garant savdo markazi mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Natijada, iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, kir yuvish mashinasi fuqaroga yetkazib berildi.
Mazkur holat iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda muammolarini amaliy jihatdan hal etishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotlarining muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.
Sho‘rchi tumani iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Iste’molchi huquqlari himoya qilindi: murojaat ijobiy hal etildi
- Информация о материале
- Автор: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 29
























