Выберите язык

📌 124-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand viloyati hududiy birlashmasi hamda Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Samarqand shahridagi 124-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, sanitariya-gigiyena holati hamda bolalar xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, guruh xonalari, umumiy foydalanish joylari va mavjud sharoitlar o‘rganilib, iste’molchilarga, ya’ni tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
📌 Asosiy maqsad — maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xizmatlar sifatini oshirish, bolalar uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlarni ta’minlash hamda iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening