Выберите язык


Fuqarolarning iste’molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va savdo xizmatlari sifatini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Boysun tumanida murojaat ko‘rib chiqildi.
Boysun tumani “Temirdarvoza” mahallasida yashovchi fuqaro Tojiddin Narmanov 2026-yil 23-iyul kuni Boysun bozori hududida joylashgan aralash mollar savdo do‘konidan 550 000 so‘m qiymatidagi tefal termos xarid qilgani, biroq xarid qilingan mahsulot sifatsiz chiqqani va ushbu holat yuzasidan do‘kon xodimiga murojaat qilganini ma’lum qilgan.
Fuqaroning murojaati O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi hamda Boysun tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida iste’molchiga xarid qilingan sifatsiz mahsulotni sifatli mahsulotga almashtirish yoki mahsulot uchun to‘langan mablag‘ni qaytarib olish imkoniyati mavjudligi tushuntirildi. Shuningdek, savdo do‘koni xodimiga O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablari hamda iste’molchilarning huquq va manfaatlari haqida tegishli tushuntirishlar berildi.
Murojaatni ko‘rib chiqish natijasida fuqaro Tojiddin Narmanovga murojaati yuzasidan batafsil tushuntirish berilib, uning iste’molchi sifatidagi huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilindi. Fuqaro o‘tkazilgan o‘rganish va berilgan tushuntirishlardan qanoat hosil qilganini bildirgan.
Mazkur holat iste’molchilarning huquqlarini bilishi, xarid vaqtida mahsulot sifatiga e’tibor qaratishi hamda huquqlari buzilgan taqdirda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqlari — qonun himoyasida. Har bir fuqaro sifatli va xavfsiz mahsulot xarid qilish, tovar haqida to‘liq va ishonchli ma’lumot olish hamda sifatsiz mahsulot sabab yetkazilgan huquqiy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega. Murojaatlar esa belgilangan tartibda o‘rganilib, iste’molchilarning qonuniy huquqlarini tiklashga ko‘maklashiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening