Выберите язык

Bugungi kunda yurtimizda isteʼmolchilarning huquqlarini qonuniy ravishda himoya qilish, ularning qonuniy majburiyatlarini taʼminlash borasida bir qancha ijobiy ishlar olib borilmoqda. Shunga qaramay, oʻz faoliyatini masʼuliyat bilan bajarmay, fuqarolarni gap bilan aldab, oʻz manfaati yoʻlida foydalanmoqchi boʻlgan tadbirkorlar ham uchrab turadi.Yaqinda shunday vaziyatlardan biri Kegeyli tumanida yuz berdi.

Aniqlanishicha, Kegeyli tumani “Yangi bozor” OFY Qutli joʻl fuqarosi A. A. Nukus tumani hududidagi eshik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonaga 5 dona eshik uchun 6 000 000 (olti million) soʻm miqdorida buyurtma beradi. Korxona tomonidan buyurtmalar tayyor boʻlgandan soʻng, A. A. mahsulotlarni uyiga olib kelib beradi. Biroq, eshiklarning sifati va koʻrinishi fuqaroning kutganidek va oʻzaro kelishilgan talablarga mos boʻlmay, sifat jihatidan koʻngildagidek boʻlmay chiqadi.

Qonun boʻyicha, sifatsiz mahsulot uchun isteʼmolchi oʻz pulini qaytarib olishga toʻliq haqli. Fuqaro korxona rahbariga eshiklarni qaytarib berib, oʻz pulini talab qilganda, korxona rahbarlari olti million soʻm pulni qaytarib berishdan bosh tortadi. Bunday adolatsizlikka duch kelgan A. Aytmuratova oʻz huquqlarini himoya qilishni soʻrab, 2026-yil 15-iyun kuni Kegeyli tumani Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilishga majbur boʻladi.

Kegeyli tumani Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi P. Adilchaev boshchiligida fuqaroning murojaati zudlik bilan oʻrganib chiqildi. Jamiyat xodimlari tomonidan korxona ishchilariga isteʼmolchilarning huquqlari haqidagi qonun talablari tushuntirildi va tegishli oʻrganish ishlari olib borildi. Qonun ustuvorligi va Jamiyatning oʻz vaqtida aralashishi natijasida masala ijobiy hal etildi. Noqonuniy harakat qilgan korxona oʻz xatosini tan olib, fuqaro A. Aytmuratovaga 6 000 000 (olti million) soʻm pul mablagʻini toʻliq qaytarib berdi.

Bu vaziyat shuni koʻrsatadiki: fuqarolar oʻz huquqlarini bilsa va tegishli tashkilotlarga oʻz vaqtida murojaat qilsa, hech qanday adolatsizlik javobsiz qolmaydi. Kegeyli tumani Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqaroning buzilgan huquqi toʻliq tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening