Выберите язык

    Nurota tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Orasoy mahalla fuqarolar yig‘ini Samari qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sh.R. tomonidan o‘z yashash xonadoniga elektr energiyasi hisoblagichini o‘rnatib berish masalasida og‘zaki murojaat kelib tushdi.
  Mazkur murojaat tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, tegishli mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi. O‘rganishlar davomida fuqaroning xonadonida elektr energiyasi hisoblagichiga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida murojaat ijobiy hal etilib, fuqaro Sh.R.ning yashash xonadoniga qiymati 1 000 000 (bir million) so‘mlik zamonaviy elektr energiyasi hisoblagichi o‘rnatib berildi. Natijada fuqaroning elektr energiyasidan qonuniy, xavfsiz va qulay foydalanishi uchun zarur sharoit yaratildi.
   Nurota tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening