Выберите язык

⚡️Iste'molchiga nisbatan hisoblangan noreal qarzdorlik sud qarori bilan bekor qilindi

Bugungi kunda texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelgani sayin bank xizmatlari ham ancha qulaylashdi. 

📍Qashqadaryo viloyati
 
Murojaat keltirilishicha, Nishon tumanida yashovchi fuqaro Xoʻjamova Sayohat Eshnazarovna TBC bankdan kredit olgan. Ushbu kredit grafik asosida kechiktirmasdan  to'lab kelingan.

Ammo, bank xodimlari xato va kamchiliklari tufayli fuqaroga nisbatan, ortiqcha 23 502 066 soʻm qarzdorlik hisoblangan. Mazkur  qarzdorlik bo'yicha fuqarolik ishi bo'yicha sudga berilgan.

Iste'molchi holatdan norizi bo'lib, amaliy yordam so'rab Nishon tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari murojaatni qonun doirasida atroflicha o'rganildi.

Natijada, sudga qo'shimcha materiallar asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilib, iste'molchi huquqi to'liq himoya qilindi va unga hisoblangan 23 502 066 soʻm qarzdorlik sud qarori bilan bekor qilindi.

✅ Asosiy maqsad — har bir fuqaroning iste’molchi sifatidagi qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirishdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening