Выберите язык

Iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Federatsiya tizimi tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida ko‘plab iste’molchilarning buzilgan huquqlari tiklanib, yuzaga kelgan nizolar qonunchilik doirasida hal etilmoqda.
O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali Xorazm viloyati Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro B.Z. murojaat qilib, Toshkent shahridagi “Open Byudjet” MChJ internet-do‘konidan xarid qilgan MacBook kompyuteri talab darajasida bo‘lmagani hamda foydalanish jarayonida ayrim kamchiliklar aniqlangani sababli uni almashtirish masalasida amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar Shayxontohur tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hodimlari tomonidan belgilangan tartibda atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida tadbirkorlik subyekti vakillari bilan tegishli muzokaralar o‘tkazilib, amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi hamda iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan zarur choralar ko‘rildi. Ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, xarid qilingan MacBook kompyuteri yangisiga almashtirib berildi. 
Mazkur holat iste’molchilar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yana bir amaliy natijasi bo‘ldi. Federatsiya tomonidan fuqarolarning huquqlarini ta’minlash, ularning murojaatlariga qonuniy yechim topish hamda iste’molchilar manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening