Выберите язык

Har birimiz do‘kondan tovar sotib olganda uning sifatiga e’tibor qaratamiz. Biroq ba’zida kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelib, sifatsiz mahsulotga ham duch kelishimiz mumkin. Quyidagi voqea bunga misol bo‘ladi.

Mo‘ynoq tumanida yashovchi fuqaro yaqin insonini xursand qilish uchun poytaxtimiz Nukus shahridagi oltin savdo markazidan 2 million so‘mga oltin uzuk sotib oladi. Biroq quvonishi uzoqqa cho‘zilmaydi — ko‘p o‘tmay uzuk qorayib, sifatsiz bo‘lib chiqadi.

Qonuniy huquqlarini yaxshi bilgan iste'molchi masala bo‘yicha Mo‘ynoq tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etadi.

Jamiyat mutaxassislari tezlik bilan harakatga kirishib, Nukus shahridagi savdo shoxobchasi bilan bog‘lanib, qonun asosida iste'molchining huquqlari birma-bir tushuntirildi. Natijada murojaat qisqa vaqt ichida ijobiy tarzda hal etilib, sifatsiz uzuk boshqa sifatlisiga almashtirib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening