Выберите язык

Yangibozor tumani Do‘stlik MFYda yashovchi fuqaro A.T. Yangibozor tumanidagi savdo do‘konlaridan 12 000 000 (o‘n ikki million) so‘m qiymatidagi kotyol xarid qilgan.

Mahsulotdan foydalanish jarayonida unda nosozlik aniqlanib, iste'molchi bu haqda sotuvchi do‘konga murojaat qilgan. Biroq, do‘kon tomonidan iste'molchining talabi qanoatlantirilmagan.

Shundan so‘ng fuqaro Yangibozor tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki ravishda murojaat qildi. Murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, tegishli tashkilot bilan olib borilgan ishlar natijasida iste'molchiga 12 000 000 (o‘n ikki million) so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berildi.

Yangibozor tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan murojaatlar bilan ishlashni davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening