Выберите язык

Urganch tumani Oqmaktab MFYda yashovchi fuqaro X.O. Xiva tumanidagi ustaga 3 dona oyna tayyorlatish uchun buyurtma bergan. Buyurtma qiymati har bir oyna uchun 2 000 000 (ikki million) so‘m, jami 6 000 000 (olti million) so‘mni tashkil etgan.

Biroq, usta buyurtmani belgilangan muddatda tayyorlab bermasdan, ishni turli bahonalar bilan kechiktirgan.

Mazkur holatdan norozi bo‘lgan iste'molchi Xiva tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki ravishda murojaat qildi.

Murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, olib borilgan ishlar natijasida iste'molchining 6 000 000 (olti million) so‘m miqdoridagi mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.

Xiva tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyatini izchil davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening