Iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarga qonuniy yechim topish hamda buzilgan huquqlarini tiklash borasida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Navbatdagi murojaat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida iste’molchi foydasiga muhim natijaga erishildi.
Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali Samarqand viloyati Urgut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.U. tomonidan murojaati kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “Yangi Finans” bankidan kredit olgani, biroq bankning mobil ilovasi uzoq muddat davomida ishlamagani sababli to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyati bo‘lmaganini ma’lum qilgan. Natijada kredit bo‘yicha asossiz penya hisoblanayotganidan norozi ekanini bildirib, amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar Yunusobod tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hodimlari tomonidan amaldagi qonunchilik talablari asosida atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar davomida bank rahbariyatiga iste’molchi manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli murojaat kiritilib, holat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar va muzokaralar olib borildi.
Ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida murojaat ijobiy hal etilib, fuqaro foydasiga 2 million 100 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ qaytarib berildi.
Mazkur holat iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda nizolarni sudgacha hal etish borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy samarasini yaqqol namoyon etadi.
Iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi: 2,1 million so‘m qaytarib berildi
- Информация о материале
- Автор: Poytaxt matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 15
























