Inson manfaatlarini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlariga e’tibor bilan yondashish va ularning muammolarini amaliy hal etish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning turmush farovonligi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchi mujassam.
Nurota tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Yangihayot mahalla fuqarolar yig‘ini Yangibino qishlog‘ida yashovchi fuqaro M.S. tomonidan o‘z yashash xonadoniga elektr energiyasi hisoblagichini o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan og‘zaki murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaat jamiyat tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rildi. O‘rganishlar davomida fuqaroning xonadonida elektr energiyasi hisoblagichiga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi va muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
Natijada murojaat ijobiy hal etilib, fuqaro M.S.ning yashash xonadoniga qiymati 1 000 000 (bir million) so‘mlik zamonaviy elektr energiyasi hisoblagichi o‘rnatib berildi. Ushbu amaliy yordam nafaqat bir oilaning muammosini hal etdi, balki fuqaroning elektr energiyasidan qonuniy, qulay va samarali foydalanishi uchun ham zarur sharoit yaratdi.
Eng muhimi, bu ezgu ish fuqarolarning murojaatlari e’tibordan chetda qolmayotgani, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va hayot sifatini yaxshilash borasida tizimli ishlar olib borilayotganining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi. Zero, inson qadri ulug‘langan jamiyatda har bir murojaat yechim topadi, har bir muammo esa e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan bartaraf etiladi.
FUQARO MUROJAATI JOYIDA HAL ETILDI
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 210
























