Выберите язык

Qo‘shtepa tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tuman hududidagi 87-oilaviy shifokorlik punktida tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda iste'molchilarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida tibbiyot xodimlarining huquq va majburiyatlari, aholiga sifatli va xavfsiz tibbiy xizmat ko‘rsatishning huquqiy asoslari yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbati davomida sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning huquqlari bilan bir qatorda ularning bemorlar oldidagi mas'uliyati ham muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi. Xususan, tibbiyot xodimlari o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi, bemorlarga nisbatan xushmuomalada bo‘lishi, tibbiy yordam ko‘rsatishda belgilangan standart va tartiblarga qat'iy rioya qilishi lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga tibbiy xizmatlardan foydalanuvchi fuqarolarning huquqlari, jumladan, sifatli tibbiy xizmat olish, o‘z sog‘lig‘i holati haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lish, tibbiy ma'lumotlarning maxfiyligi ta'minlanishi kabi masalalar yuzasidan tushunchalar berildi. Bunday huquqlarni ta'minlashda tibbiyot xodimlarining o‘rni va mas'uliyati beqiyos ekani alohida ta'kidlandi.

Muloqot jarayonida tibbiyot muassasalarida uchrashi mumkin bo‘lgan turli nizoli holatlarning oldini olish, murojaatlar bilan ishlash madaniyatini oshirish, aholi bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar bildirildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan sohadagi amaliy faoliyat davomida yuzaga kelayotgan ayrim masalalar muhokama qilinib, ular yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Savol-javoblar tarzida o‘tgan muloqot ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ta'kidlanganidek, iste'molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiyot xodimlarining huquqiy bilimini mustahkamlashga qaratilgan bunday tadbirlar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Qo‘shtepa tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati bu kabi ma'rifiy tadbirlarni kelgusida ham muntazam davom ettirishni rejalashtirgan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening