Выберите язык

⚡️Nishon tumanida iste'molchiga nisbatan hisoblangan  salkam 40 000 000 so'm pul miqdoridagi  noreal qarzdorlik sud qarori bilan bekor qilindi

Maʼlumki, bank xizmatlaridan kundalik hayotimizda tez-tez foydalanamiz. Isteʼmolchilarning bu boradagi huquqlari qonuniy kafolatlangan. Ammo ayrim holatlarda bu borada ham kamchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

📍Qashqadaryo viloyati
 
Murojaatda bayon etilishicha, Nishon tumanida yashovchi fuqaro Nazarova  Sadoqat Xalq  bankidan kredit olgan. Ushbu kredit grafik asosida kechiktirmasdan  to'lab kelingan.

Ammo, bank xodimlari xato va kamchiliklari tufayli fuqaroga nisbatan, ortiqcha 39 103 860 soʻm qarzdorlik hisoblangan. Mazkur  qarzdorlik bo'yicha fuqarolik ishi bo'yicha sudga berilgan.

Iste'molchi holatdan norizi bo'lib, amaliy yordam so'rab Nishon tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari murojaatni qonun doirasida atroflicha o'rganildi.

Sudga qo'shimcha materiallar asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilib, iste'molchi huquqi to'liq himoya qilindi va unga hisoblangan 39 103 860 soʻm qarzdorlik sud qarori bilan bekor qilindi.

✅ Esda tuting; Iste’molchi huquqi har qanday sohada, jumladan bank xizmatlarida ham qonuniy himoyada.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening