Выберите язык


Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro Xusniddin Xamroyev uzoq yillar davomida o'ziga tegishli bo'lmagan uy-joyning kadastr ma'lumotlari uning nomiga biriktirib qo'yilgani sababli turli muammolarga duch kelgan.
Fuqaroning yozma murojaatiga ko'ra, u Sariosiyo tumani Niholzor mahallasi Tinchlik qishlog'ida yashasa-da, boshqa hudud – Neloba mahallasida joylashgan marhum Xamrayev Husniddin Davronovichga tegishli uy-joy kadastr tizimida uning nomiga rasmiylashtirib qo'yilgan. Natijada fuqaro o'z nomida boshqa shaxsning ko'chmas mulki mavjudligi sababli qator noqulayliklarni boshdan kechirgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sariosiyo tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Murojaat jamiyat mutaxassislari hamda Davlat kadastrlari palatasi Sariosiyo tuman filiali vakillari ishtirokida o'rganilgan.
O'rganish natijasida murojaatda ko'rsatilgan holatlar o'z tasdig'ini topgan. Aniqlanishicha, Neloba mahallasida joylashgan, kadastr raqami 19:10:08:05:01:5418 bo'lgan uy-joy haqiqatan ham fuqaro Xusniddin Xamroyev nomiga noto'g'ri biriktirilgan.
2026-yil 21-iyuldagi rasmiy javob xatida ushbu xatolikni bartaraf etish uchun barcha zarur hujjatlar yig'ilib, Davlat kadastrlari palatasining Sariosiyo tuman filiali mutaxassislariga topshirilgani hamda yaqin vaqt ichida mazkur uy-joy fuqaro nomidan chiqarilishi ma'lum qilingan.
Shuningdek, murojaatchiga berilgan javobdan norozi bo'lgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida"gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq yuqori turuvchi idoralarga yoki sudga murojaat qilish huquqi mavjudligi ham tushuntirilgan.
Mazkur voqea fuqarolarning qonuniy murojaatlari e'tiborsiz qolmayotgani, davlat organlari hamkorligida aniqlangan xatolarni bartaraf etish bo'yicha amaliy choralar ko'rilayotganini ko'rsatadi. Shu bilan birga, har bir fuqaro o'z nomidagi kadastr va mulk hujjatlarini muntazam tekshirib borishi, aniqlangan xatoliklar yuzasidan vakolatli organlarga o'z vaqtida murojaat qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening