Выберите язык

ASOSSIZ QARZDORLIK ANIQLASHTIRILIB, FUQARONING ELEKTR TA’MINOTI QAYTA TIKLANDI
 Kattaqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 2026-yil 16-iyul kuni Yonbosh MFY, Yonbosh qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sh.I. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Fuqaro murojaatida “Toza hudud” xizmati tomonidan xonadoniga 500 000 so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblangani va ushbu sababli elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilganini ma’lum qilgan. Shuningdek, mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilgan bo‘lsa-da, muammo ijobiy hal etilmaganidan noroziligini bildirgan.
Murojaatni atroflicha o‘rganish maqsadida Kattaqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda “Toza hudud” xizmatini ko‘rsatuvchi “Anvarjon Biznes Invest” MCHJ mas’ul xodimlari tomonidan xonadonga borilib, holat joyida o‘rganildi.
O‘rganish natijasida fuqaroning haqiqiy qarzdorligi 500 000 so‘m emas, balki 150 000 so‘mni tashkil etishi aniqlandi. Fuqaro tomonidan mavjud 150 000 so‘mlik qarzdorlik to‘liq to‘langach, elektr energiyasiga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi va xonadon qayta tarmoqqa ulandi.
Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, iste’molchining muammosiga amaliy yechim topildi. Fuqaro ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun mas’ul xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening