⚡️ Asossiz hisoblangan millionlar: Yakkabog‘da iste’molchining huquqlari tiklandi
💡 Kommunal xizmatlar iste’molchisi bo‘lgan har bir fuqaro hisob-kitoblar shaffof va adolatli bo‘lishini talab qilishga haqli. Biroq ayrim hollarda texnik xatolar yoki hisob-kitobdagi noaniqliklar sababli fuqarolarga asossiz yirik miqdordagi qarzdorliklar yozilishi kuzatilib turadi.
🖋 Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida sodir bo‘lgan bunday holatlardan biri iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari aralashuvi bilan ijobiy hal etildi.
📍 Qashqadaryo viloyati
📑 Ma'lum bo'lishicha, Yakkabog' tumanida yashovchi fuqaro A. Sh. ga nisbatan 9 400 000 so‘m elektr energiyasi qarzdorligi hisoblanganidan norozi bo‘lib, 1091 ishonch telefoniga murojaat qilgan.
🏢 Yakkabog‘ tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari masalani chuqur o‘rganib, tuman elektr ta’minoti korxonasi bilan bevosita ishlashdi.
✅ O‘rganish natijasida qarzdorlik masalasi ijobiy yo‘nalishda hal etildi. Fuqaroning murojaati asosida muammo bartaraf etilib, zarur hollarda yuqori sud organlariga shikoyat kiritish huquqi ta’minlandi.
⚖ Mazkur holat kommunal sohada yuzaga keladigan muammolarni o‘z vaqtida va qonuniy yo‘l bilan hal etish nafaqat moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olishini, balki fuqarolarning o‘z haq-huquqlarini to‘la anglab yetishiga xizmat qilishini ko‘rsatdi.
❗️Asossiz qarzdorlik yoki huquqbuzarliklarga duch kelganda ishonch telefonlari va mutasaddi tashkilotlarga o‘z vaqtida murojaat qilish muammoning tezkor yechim topishini ta'minlaydi.