Выберите язык

Fuqarolar murojaati joyiga borib o‘rganilib, ijobiy hal etildi
2026-yil 7-sentabr kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali Kattaqo‘rg‘on tumani Valijon MFYda yashovchi fuqaro M.U. murojaat qildi.
Murojaatda fuqaro xonadoniga oxirgi marta 90 kun avval suyultirilgan gaz ballonini almashtirib berishganini, shundan buyon gaz balloni qayta to‘ldirilib yetkazib berilmaganidan noroziligini bildirgan.
Mazkur murojaat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari fuqaroning xonadoniga borib, holatni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.
O‘rganishlar natijasida murojaatchi hamda Valijon MFY aholisi uchun suyultirilgan gaz ballonlari “Kattaqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti tashkiloti xodimlari tomonidan yetkazib berilishi ta’minlandi.
Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.
Iste’molchining qozoni yana qaynamoqda, ayoli esa xursand! 😊
Murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganish va iste’molchilarning qonuniy huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening