Выберите язык

Konditsioner bo‘yicha iste’molchining muammosi hal etildi
Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro M.I. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Fuqaro o‘z murojaatida savdo do‘konidan konditsioner xarid qilgani, biroq xariddan so‘ng qurilmada nosozlik aniqlangani hamda muammoni bartaraf etish maqsadida servis xizmati ko‘rsatilmaganini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida iste’molchining murojaatida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ullar bilan amaliy ishlar olib borildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaroning xarid qilgan konditsioneri bo‘yicha servis xizmati ko‘rsatilishi ta’minlandi hamda aniqlangan muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.
Shu tariqa, fuqaro M.I.ning murojaati ijobiy hal etilib, iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirildi.
Iste’molchilar huquqlari buzilgan holatlarda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening