Выберите язык

Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda iste’molchilarga amaliy-huquqiy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maqsuda Zaripova tomonidan tuman aholisi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va mavjud masalalarga qonuniy yechim topish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida hudud aholisidan kelib tushgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan asosan iste’molchi huquqlarini himoya qilish, savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar, shuningdek, qonuniy manfaatlarni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Murojaatchilarga amaldagi qonunchilik, xususan, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari, iste’molchining sifatli tovar va xizmatdan foydalanish, to‘liq va ishonchli ma’lumot olish, nuqsonli mahsulot yoki sifatsiz xizmat yuzasidan qonuniy talab qo‘yish tartibi haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qabul jarayonida har bir murojaat alohida o‘rganilib, mavjud masalalarni qonun doirasida hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Ayrim murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlarini olib borish, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Maqsuda Zaripova fuqarolar murojaati bilan ishlashda mas’uliyat va e’tibor muhim ekanini ta’kidlab, har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning huquqi va qonuniy manfaati turganini qayd etdi. Shu bois murojaatlarni o‘z vaqtida, xolis va qonuniy asosda ko‘rib chiqish jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bunday qabul va muloqotlar aholi bilan ochiq aloqani mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularni amaliy yechimga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, fuqarolarga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish ishlari tizimli ravishda davom ettiriladi.

Inobat Karimova
O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Surxondaryo viloyat hududiy birlashmasi Axborot xizmati rahbari  

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening