Выберите язык

FUQARONING BUZILGAN HUQUQI TIKLANDI

Kattaqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro L.M. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro avtotransport xizmatidan foydalanish maqsadida chipta rasmiylashtirgani, biroq keyinchalik chiptani qaytarish jarayonida muammoga duch kelgani hamda to‘langan mablag‘ini qaytarishda amaliy yordam so‘ragani bayon etilgan.
Mazkur murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilib, iste’molchining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rildi.
Olib borilgan ishlar natijasida murojaat ijobiy hal etilib, fuqaroning pul mablag‘i qaytarilishi ta’minlandi.
Iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening