Выберите язык

⚡️Shahrisabz tumanida suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi

💨 Suyultirilgan gaz aholining kundalik turmushida muhim o‘rin tutadigan eng zarur xizmatlardan biridir.

❕Ayniqsa, uni o‘z vaqtida yetkazib berish iste’molchilarning qonuniy huquqi hisoblanadi. Biroq ayrim hollarda xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

🖋 Ana shunday holatlardan biri Shahrisabz tumanida iste’molchi murojaati asosida o‘rganilib, ijobiy yechim topdi.

📍 Qashqadaryo viloyati

📜 Ma'lumotda qayd etilishicha, Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro M.R. tuman gaz ta’minoti mas’ullari tomonidan suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetkazib berilmagan. 

📄 Iste'molchi soha xodimlari idorasiga nima sababli gaz kechikayotganini bilish maqsadida  borganida, gaz ta'minoti xodimlari fuqaroni tinglashni ham istamagan.

☎️ Mazkur voqealikdan ko'ngli to'lmagan fuqaro 1091 ishonch telefoni orqali amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.

🏛 Shahrisabz tuman jamiyati mutaxassislari masalani o‘rganib, gaz ta’minoti tashkiloti bilan bevosita ishlashdi va muammo sabablarini aniqlashdi.

🤝 Fuqaroning murojaati asosida suyultirilgan gaz yetkazib berish jarayoni tiklandi va masala ijobiy yo‘nalishda hal etildi.

✅ Mazkur murojaat natijasida fuqaroning qonuniy manfaatlari tiklanib, suyultirilgan gaz yetkazib berish muammosi bartaraf etildi. 

⚖ Bu kabi holatlar iste’molchilarning huquqlari qonun bilan himoya qilinishini hamda har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, amaliy yechim topishini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening