Joriy yilning 30 iyul kunida viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishchi guruhi tomonidan Narpay tumani sogʼlikni saqlash boʼlimida amalga oshirilgan jamoatchilik nazorati ostida kuzatuv-oʼrganish tadbirlarini amalga oshirildi.Oʼrganish vaqtida viloyat hududiy birlashmasi rahbariyati nomiga tuman fuqarosi J.L tomonidan murojaat qilinib, uning farzandi X. D sogʼlikni saqlash boʼlimiga tez tibbiy yordam avtomashinasida keltirilgani, shifokorlar koʼrigidan oʼtganidan soʼng, bemorga birlamchi yordam koʼrsatish oʼrniga boʼlim vrachi tomonidan bemorning onasiga oddiy qogʼozda dorilarning roʼyxati yozib berilib, ushbu dorilarni oʼz hisobidan dorixonadan olib kelish buyurilgan. Аmmo bemorning onasi J.Lga dorilarni xarid qilish uchun uncha koʼp miqdordagi mablagʼlari boʼlmaganligi sababli viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishchi guruhiga yordam soʼrab murojaat qilgan. Oʼrganishda vrach tomonidan yozib berilgan dorilar roʼyxatida nafaqat dori-darmonlar, balki oddiy tibbiyot qoʼlqopi, shprits, paxta va spirt kabi vositalar ham kiritilganligi maʼlum boʼldi.
Ushbu dori vositalarini xususiy dorixonadan xarid qilib olib kelmasa,vrachlar tibbiy yordam koʼrsatmasliklarini, qizini qaytarib uyiga olib ketishga majbur ekanligini maʼlum qilib, unga amaliy yordam berishni soʼradi.
Holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan tuman sogʼlikni saqlash “Bolalar boʼlimi” mutasaddilari bilan uchrashilib, bemorga zudlik bilan tez tibbiy yordam koʼrsatilishi yuzasidan savollar qoʼyilgan vaqtda muammo ijobiy hal qilinib, jajji X.Dga bepul tez tibbiy yordam koʼrsatildi.
Joriy yilning 30 iyul kunida viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishchi guruhi tomonidan Narpay tumani sogʼlikni saqlash boʼlimida amalga oshirilgan jamoatchilik nazorati ostida kuzatuv-oʼrganish tadbirlarini amalga oshiri
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 42
























