Выберите язык

Joriy yilning 30 iyul kunida viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishchi guruhi tomonidan Narpay tumani sogʼlikni saqlash boʼlimi tizimidagi oilaviy poliklinikalarni oʼrganish vaqtida, fuqaro А.O tomonidan birlashma raisi nomiga murojaat qilinib, unda uning 3 yashar farzandida onkologik muammo yuzaga kelgani va uni jarrohlik amaliyotidan oʼtkazish uchun Narpay tumani sogʼlikni saqlash boʼlimi shifokorlariga murojaat qilganligi, farzandiga viloyat shifoxonasiga faoliyat yotqzilishi yuzasidan “vaucher” kerak ekanligi yuzasidan murojaat qilgan va rad javobini olganligini maʼlum qilib, yuzaga kelgan muammoni yechilishida amaliy yordam soʼradi. 
Holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan tuman sogʼlikni saqlash boʼlimi boshligʼi Gʼ.А.Tga murojaat qilingan vaqtda, holatga aniqlik kiritilib masala ijobiy hal qilindi va viloyat bolalar xirurgiyasi shifoxonasidan joriy yilning 31 iyul kunida O.Аning farzandi Sh.Mga tegishli order ajratilib, davolanish uchun Samarqand shahriga joʼnatildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening