Noreal qarzdorlik
Namangan viloyatining Chust tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Ishonch telefoniga murojaat qildi.
Fuqaro murojaatida maishiy chiqindi xizmatidan qarzdorlik mavjudligi sababli elektr tarmog‘i bloklangani, buning oqibatida xonadonda yashovchi nafaqadagi ikki nafar keksa elektr ta’minotisiz qolganini bildirib, amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur holat Chust tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida fuqaro nomiga jami 1 million 209 ming 600 so‘m qarzdorlik hisoblangani aniqlandi. Shundan 1 million 107 ming 680 so‘mi amalda ko‘rsatilmagan xizmat uchun hisoblangan asossiz qarzdorlik deb topildi.
Holat O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarori talablari asosida ko‘rib chiqildi.
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan hisob-kitob dalolatnomasi shakllantirilgach, “Billing” dasturiga tegishli tuzatish kiritish orqali fuqaro nomidagi 1 million 107 ming 680 so‘mlik noreal qarzdorlikni bekor qilish ma’lum qilindi.
Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga asossiz hisoblangan qarzdorliklarni bartaraf etish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
📞 Huquqlaringiz buzilgan taqdirda Federatsiyaning 1091 — Ishonch telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Noreal qarzdorlik o‘rganib chiqildi
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 12
























