Выберите язык

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida iste’molchining nuqsonli mahsulot yuzasidan qilgan murojaati ijobiy hal etildi.

Sherobod tumanida yashovchi fuqaro Shavkat Fayziyev savdo do‘konidan 3 million 300 ming so‘mga suv nasosi xarid qilgan. Biroq mahsulotdan foydalanish jarayonida uning nuqsonli ekani aniqlangan. Iste’molchi suv nasosini do‘konga qaytarib, to‘lagan pulini olishga uringan bo‘lsa-da, masala o‘z vaqtida hal etilmagan.

Shundan so‘ng fuqaro 2026-yil 22-iyul kuni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” ga murojaat qilgan.

Mazkur murojaat Sherobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati tomonidan ro‘yxatga olinib, jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi. O‘rganish davomida savdo do‘koni egasi bilan muloqot o‘tkazilib, iste’molchining qonuniy huquqlari hamda sotuvchining majburiyatlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida nuqsonli suv nasosi sotuvchiga qaytarildi. Mahsulot uchun to‘langan 3 million 300 ming so‘m mablag‘ iste’molchiga naqd pul shaklida to‘liq qaytarib berildi.

Shu tariqa, fuqaroning murojaati qisqa muddatda ijobiy hal etilib, uning buzilgan iste’molchi huquqlari tiklandi.

Hurmatli iste’molchilar, xarid qilingan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmat bo‘yicha huquqlaringiz buzilgan taqdirda Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening