TIBBIY XIZMATLAR SIFATI JAMOATCHILIK NAZORATIDA
Namangan viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi hamda uning tuman va shahar jamiyatlari tomonidan viloyatdagi sog‘liqni saqlash muassasalarida monitoring tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jamoatchilik nazorati jarayonida tibbiyot muassasalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilinishi, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik holati atroflicha o‘rganilmoqda.
Shu bilan birga, fuqarolarning navbat kutish vaqtini qisqartirish, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish, tibbiyot xodimlarining muomala va xizmat ko‘rsatish madaniyati, shuningdek, pulli hamda bepul tibbiy xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiq va tushunarli taqdim etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘rganishlar davomida bemorlarning huquq va qonuniy manfaatlari qay darajada ta’minlanayotgani ham nazoratdan o‘tkazilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muassasa mas’ullariga tegishli tavsiyalar berilmoqda.
Mazkur monitoring tadbirlarining asosiy maqsadi — aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarning o‘z vaqtida hal etilishiga ko‘maklashish hamda sog‘liqni saqlash tizimida ochiqlik va jamoatchilik nazoratini mustahkamlashdan iborat.
Jamoatchilik nazorati
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 19
























