Выберите язык


Shirin shahrida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan farmatsevtika xizmatlari sifatini oshirish hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida dorixonalarda profilaktik o‘rganish tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir Shirin shahar hokimining topshirig‘iga asosan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Shirin shahar jamiyati boshchiligida o‘tkazildi.

O‘rganishlarda shahar soliq inspeksiyasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, elektr ta’minoti korxonasi hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh ishtirok etdi. Mutasaddilar dorixonalarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va iste’molchilar manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq bir qator masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

Tadbir davomida dorixonalarda dori vositalarining saqlanish sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, narxlarning amaldagi tartibda rasmiylashtirilgani, xaridorlar uchun zarur ma’lumotlarning ochiq joylashtirilgani, yong‘in hamda elektr xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi kabi yo‘nalishlar yuzasidan monitoring olib borildi.

Shuningdek, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati, murojaatlar bilan ishlash tartibi, dori vositalarining sifatini saqlash bo‘yicha belgilangan me’yorlarga amal qilinishi ham alohida e’tiborga olindi. O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bunday profilaktik tadbirlarning asosiy maqsadi tadbirkorlik subyektlarini jazolash emas, balki ularning faoliyatini qonunchilik talablari asosida tashkil etishga ko‘maklashish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda aholiga sifatli va xavfsiz farmatsevtika xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlashdan iborat.

Shu bilan birga, ishchi guruh tomonidan dorixona mas’ullariga iste’molchilar huquqlariga oid qonunchilik talablari, sanitariya me’yorlari, yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Kelgusida bu kabi profilaktik o‘rganishlarni muntazam ravishda tashkil etish orqali sohada xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish rejalashtirilgan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening