Выберите язык

Toshkent viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasining 1091 ishonch telefoniga Ohangaron shahri, Quyun MFY, Tunket ko‘chasi 24-uyda yashovchi fuqaro N.J. tomonidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda fuqaro Olmaliq shahrida faoliyat yuritayotgan “Ishonch” savdo do‘konidan ikki dona maishiy texnika vositasini shartnoma asosida xarid qilgani, oilaviy sharoiti sababli 2 oy davomida to‘lovlarni amalga oshira olmaganini bildirgan.

Shu sababli qarzdorlik yuzaga kelgan va savdo tashkiloti tomonidan ushbu qarz sud tartibida ko‘rib chiqish uchun Ohangaron fuqarolik sudiga yuborilgan, keyinchalik esa ijro hujjati Majburiy ijro byurosiga yo‘naltirilgan.

Murojaatchining ta’kidlashicha, Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan uning ish joyiga ijro hujjati yuborilib, oylik ish haqidan qarzdorlik summasi ushlab qolingan. Biroq fuqaro qolgan qarzdorlik miqdori hamda amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha aniq ma’lumotga ega emasligi sababli amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat Toshkent viloyati Toshkent viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi tomonidan nazoratga olinib, Olmaliq shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda qolgan qarzdorlik miqdori bo‘yicha zarur ma’lumotlarni olishida amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada murojaat ijobiy hal etildi.

Shuningdek, murojaatchi fuqaro N.J. ko‘rsatilgan amaliy yordam va e’tibor uchun Olmaliq shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimi A.S.ga o‘z minnatdorchiligini bildirib, tashakkurnoma yo‘lladi. U murojaatlarning tezkor ko‘rib chiqilishi va muammolarga befarq bo‘lmasdan yondashish aholining davlat va jamoat tashkilotlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashini alohida ta’kidladi.

Toshkent viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening