Выберите язык

   2026-yil 12-may kuni Navbahor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan jamiyatga a’zo bo‘lgan tibbiyot birlashmasi hamshiralari munosib taqdirlandi.Tadbir davomida aholi salomatligini saqlash, bemorlarga mehr va e’tibor ko‘rsatishda fidokorona mehnat qilayotgan hamshiralar faoliyati alohida e’tirof etildi. Jamiyat mutasaddilari tomonidan ularning mashaqqatli va sharafli kasbi yuksak qadrlanib, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.Shuningdek, tadbirda hamshiralar kasbining jamiyatdagi o‘rni, inson salomatligini muhofaza qilishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar tomonidan tibbiyot xodimlariga bildirilayotgan e’tibor va ehtirom ularga yanada katta mas’uliyat va motivatsiya bag‘ishlashi ta’kidlandi.Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening