Выберите язык

⚡️Chiroqchi tumanida yana bir fuqaro murojaati ijobiy yakun topdi 

 Qonunchilikka ko‘ra, ustaxonada bajarilgan ta’mirlash ishlari natijasida nuqson bartaraf etilgani aytilgan bo‘lsa-da, xizmatdan foydalanish jarayonida o‘sha nuqson qayta yuzaga kelsa yoki boshqa jiddiy kamchiliklar aniqlansa, iste’molchi ishni takroran va bepul bajarib berilishini talab qilish huquqiga ega.

Bunda e’tiroz bildirish muddati ish (xizmat)ning kafolat muddati davomida, kafolat belgilanmagan bo‘lsa, olti oy ichida amalga oshirilishi lozim.

Shunday murojaatlardan biri, Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi fuqaro A.A Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Chiroqchi Koʻkdala trassasida avtomobil ehtiyot qismlarini sotadigan doʻkondan oʻz shaxsiy avtomobili uchun onlayn aloqa xizmati orqali chal eshik va chap krilo buyurtma berib oʻziga tegishli boʻlgan plastik kartasidan 7 450 000 soʻm toʻlovni amalga oshirgan. Mahsulot aytilgan manzilga yetib kelganida boshqa rangli ekanligini aniqlangan. Isteʼmolchi doʻkon rahbariga qoʻl telefoni orqali boshqa rangdagisini aytgan edim sizga deb suhbatlashganida eshitishni ham istamay fuqaroni pisandga ham ilmagan. 

Shundan soʻng fuqaro Chiroqchi tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab ogʻzaki murojaat qilgan. Tuman jamiyati xodimlari holatni o'rganish jarayonida xizmat koʻrsatuvchiga isteʼmolchining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun talablari tushuntirildi va qiymati 7 450 000  soʻm pul miqdorini isteʼmolchiga qaytarib berildi.

✅ Maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, davlat va jamoatchilik o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va eng muhimi, iste’molchilar huquqlarini amalda ta’minlashdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening