Выберите язык

    2026-yil may oyida Tomdi tumanining eng olis hududlaridan biri hisoblangan “Kerizbuloq” OFYda mahalla raisi A. Qojanazarov hamda ovul fuqarolar yig‘ini xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuv davomida ishtirokchilarga iste’molchi madaniyati, iste’molchilar huquqlari va ularni himoya qilishning amaldagi tartiblari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, kundalik hayotda uchraydigan muammolar, murojaat qilish tartibi hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishda jamoatchilik nazoratining ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

   Tadbir yakunida “Kerizbuloq” OFY xodimlari O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi a’zoligiga qabul qilinib, ularga a’zolikning afzalliklari va imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.Mazkur uchrashuv aholining huquqiy savodxonligini oshirish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening