Выберите язык

Iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bog‘ot tumani Bog‘zor MFYda yashovchi fuqaro R.D.ga uzoq vaqt davomida gaz balloni yetkazib berilmagan. Xususan, fuqaro 50 kundan buyon gaz balloni yetkazib berilmayotganidan norozi bo‘lib, o‘z muammosini hal etish maqsadida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Ishonch telefoni 1091 ga murojaat qilgan.

Mazkur murojaat Bog‘ot tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar ko‘rib chiqilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada fuqaro R.D.ga gaz balloni yetkazib berildi va murojaat ijobiy hal qilindi.

Mazkur holat iste’molchilarning kundalik ehtiyojlari bilan bog‘liq masalalarda ham o‘z huquqlarini bilishi va zarur hollarda tegishli tartibda murojaat qilishi muhimligini ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening