Выберите язык

Iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Urganch tumani Bobodehqon MFYda yashovchi fuqaro K.B. Urganch tumanida joylashgan savdo do‘konidan 1 300 000 (bir million uch yuz ming) so‘mga kompressor xarid qilgan.

Biroq kompressordan foydalanish jarayonida qurilma qizib ketib, ishlamay qolgan. Sovigandan so‘ng yana ishlagan, ammo mazkur holat bir necha marotaba takrorlangan. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Ishonch telefoni 1091 ga murojaat qilgan.

Mazkur murojaat Urganch tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida iste’molchining murojaatida ko‘rsatilgan holatlar ko‘rib chiqilib, uning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada iste’molchining murojaati ijobiy hal qilinib, xarid uchun to‘langan 1 300 000 so‘m mablag‘ fuqaro K.B.ga to‘liq qaytarib berildi.

Mazkur holat iste’molchilarning xarid qilingan tovarlarda nosozlik yuzaga kelgan taqdirda o‘z huquqlarini bilishi va qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilishi muhimligini ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening