Выберите язык

Iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bog‘ot tumani Gulzor MFY Dehqonlar ko‘chasida yashovchi fuqaro G.A. Bog‘ot tumanidagi savdo do‘konidan Velosport E160 rusumli mahsulotni bir yil muddatga kredit asosida xarid qilgan. Fuqaro dastlab ikki oy davomida to‘lovlarni amalga oshirgan.

Keyinchalik to‘lovlarni davom ettirishda qiyinchilik yuzaga kelganligi sababli fuqaro shartnomani bekor qilish masalasida Bog‘ot tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatidan amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat Bog‘ot tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida do‘kon xodimlariga iste’molchining holati tushuntirilib, masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada shartnoma bekor qilindi. Shuningdek, iste’molchi tomonidan kelgusida to‘lanishi lozim bo‘lgan 7 420 000 (yetti million to‘rt yuz yigirma ming) so‘mlik to‘lov majburiyati bekor qilindi.

Shu tariqa fuqaro G.A.ning murojaati ijobiy hal qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening