Выберите язык

Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi fuqaro
U.Jumaboyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining "601-10-91 ishonch telefoni"ga murojaat qilib, kassa xodimlarining xatosi sababli "Qo‘ng‘irot-Toshkent" yo‘nalishidagi chipta boshqa shaxs nomiga yozib yuborilganligini bildirgan va amaliy yordam so‘rashga majbur bo‘lgan.

Murojaatni o‘rganish bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan tezkor tarzda o‘rganish ishlari olib borildi.

Natijada "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati Orolbo‘yi Qo‘ng‘irot bo‘limi kassasidagi holat o‘rganilib, xatolik bilan boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilganligi aniqlandi va chipta kelini Qozoqboyeva Albina nomiga o‘zgartirib berildi.

Fuqaro o‘z navbatida murojaati qisqa muddatda va salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilmagan holda hal etilganidan mamnun bo‘lib, jamiyat mutaxassislariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening