Выберите язык

GAZ BALONI  YETKAZIB BERILDI
Payariq tumanida yashovchi fuqaro M.D. tomonidan 1091 ishonch telefoniga murojaat kelib tushdi. Murojaatda iste'molchi joriy yilning 9-aprel kuni oxirgi marotaba suyultirilgan gaz baloni olgani, shundan buyon xonadoniga gaz baloni yetkazib berilmayotgani sababli amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat Payariq tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, tegishli gaz ta'minoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘rganildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topdi.
Shundan so‘ng mas'ul tashkilot tomonidan zarur choralar ko‘rilib, fuqaroning xonadoniga suyultirilgan gaz baloni belgilangan tartibda yetkazib berilishi ta'minlandi.
Natijada murojaat qisqa muddatda ijobiy hal etilib, iste'molchining qonuniy huquq va manfaatlari tiklandi. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning murojaatlari doimiy nazoratda ekanini hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilayotganini ma'lum qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening