Выберите язык

Nurobod tumanida gaz baloni bilan bog‘liq murojaat ijobiy hal etildi
Nurobod tumani O‘rtabuz MFYda yashovchi fuqaro X.G‘. tomonidan 1091 ishonch telefoniga murojaat kelib tushdi. Murojaatda iste’molchi oxirgi marta joriy yilning may oyida suyultirilgan gaz baloni olgani, shundan buyon gaz baloni yetkazib berilmayotgani sababli murojaat qilganini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat Nurobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib, tegishli gaz ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda o‘rganildi. O‘rganish davomida murojaatda keltirilgan holatlar tasdiqlanib, masalani bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.
Natijada fuqaroga suyultirilgan gaz baloni yetkazib berildi hamda murojaat ijobiy hal etildi. Iste’molchining qonuniy manfaatlari tiklanib, murojaat ijrosi ta’minlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening