Выберите язык

SIFATSIZ G‘ISHT BO‘YICHA MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI
Payariq tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 1091 ishonch telefoni orqali Payariq tumani Ko‘paki mahallasi Ustozlar ko‘chasida yashovchi fuqaro M. Aliqulovdan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda iste'molchi Payariq tumani Aliyobod mahallasida joylashgan  g‘isht zavodidan 10 ming dona g‘isht xarid qilish uchun 13 million so‘m to‘lov qilgani, mahsulot yetkazib berilgach uning 15–20 foizi sifatsiz va yaroqsiz holatda ekani aniqlangani, bu masala yuzasidan tadbirkorga bir necha bor murojaat qilganiga qaramay ijobiy yechim topilmaganini bildirgan.
Mazkur murojaat Payariq tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, tadbirkor bilan amaldagi qonunchilik talablari asosida tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar natijasida iste'molchiga 3 500 dona g‘isht hamda 4 million 500 ming so‘m miqdoridagi zarar qoplab berildi. Natijada fuqaroning qonuniy huquq va manfaatlari tiklanib, murojaat ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening