Выберите язык

TELEFON TA'MIRI BO‘YICHA MUROJAAT ISTE'MOLCHI FOYDASIGA HAL ETILDI
Bulung‘ur tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 2026-yil 29-iyul kuni fuqaro A.T tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda iste'molchi Bulung‘ur shahridagi telefon ta'mirlash ustaxonasiga mobil telefonini ta'mirlash uchun topshirgani, biroq usta telefonni tuzatish jarayonida uni nosoz holatga keltirib qo‘yganini bildirib, amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, telefon ustasiga iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada usta telefonni qayta ta'mirlab, to‘liq soz holatda iste'molchiga topshirdi.
Shu tariqa murojaat iste'molchi foydasiga ijobiy hal etilib, uning qonuniy huquqlari tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening