Iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yuzaga kelgan muammolarni amaldagi qonunchilik asosida hal etish bugungi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Termiz shahri istiqomat qiluvchisi Ostonaqulova Dilshoda tomonidan xarid qilingan mahsulot sifati yuzasidan murojaat kelib tushdi. Fuqaro o‘z murojaatida Termiz shahridagi "Indenima" savdo markazidan bolalar uchun mo‘ljallangan elektr o‘yinchoq avtomobilini xarid qilganini, biroq mahsulot nosoz holatda chiqqanini ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida Termiz shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
Murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, sotuvchi bilan olib borilgan tushuntirish ishlari hamda amaldagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari asosida muammo ijobiy hal etildi. Natijada nosoz bolalar o‘yinchog‘i yangisiga almashtirib berildi va iste’molchining qonuniy talabi to‘liq qanoatlantirildi.
Muammo qisqa muddatda hal etilganidan mamnun bo‘lgan fuqaro Ostonaqulova Dilshoda ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun Termiz shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati jamoasiga o‘zining samimiy minnatdorligini bildirdi.
Bunday ijobiy natijalar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish tizimi amalda samarali ishlayotganini hamda fuqarolarning murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Iste’molchilar o‘z huquqlari buzilgan hollarda vakolatli tashkilotlarga murojaat qilish orqali qonuniy manfaatlarini himoya qilishlari mumkin.
Nosoz bolalar o‘yinchoq avtomobili yangisiga almashtirib berildi
- Информация о материале
- Автор: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 9
























