Выберите язык

XARID QILINGAN KO‘YLAK UCHUN TO‘LANGAN PUL QAYTARILDI
2026-yil 17-iyul kuni Bulung‘ur tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro D.N tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda iste'molchi Bulung‘ur shahridagi kiyim-kechak do‘konidan ayollar ko‘ylagini xarid qilgani, biroq mahsulot o‘ziga ma'qul kelmagani sababli uni qaytarish uchun do‘konga murojaat qilganida sotuvchi mahsulotni qabul qilmaganini ma'lum qilgan.
Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilib, sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish berildi. Natijada xarid uchun to‘langan pul mablag‘i iste'molchiga to‘liq qaytarildi.
Shu bilan murojaat ijobiy hal etilib, iste'molchining qonuniy manfaatlari ta'minlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening