Выберите язык

GAZ BALONI YETKAZIB BERILDI
Oqdaryo tumanida yashovchi fuqaro tomonidan Oqdaryo tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushdi. Murojaatda iste’molchi 3 oydan buyon suyultirilgan gaz baloni yetkazib berilmayotgani sababli amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat Oqdaryo tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, tegishli gaz ta’minoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘rganildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topdi.
Shundan so‘ng mas’ul tashkilot tomonidan zarur choralar ko‘rilib, fuqaroning xonadoniga suyultirilgan gaz baloni belgilangan tartibda yetkazib berilishi ta’minlandi.
Natijada murojaat qisqa muddatda ijobiy hal etilib, iste’molchining qonuniy huquq va manfaatlari tiklandi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning murojaatlari doimiy nazoratda ekanini hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilayotganini ma’lum qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening