Выберите язык

Har bir murojaat ortida insonning kundalik hayoti, oilasi va qonuniy huquqlari turadi. Ayniqsa, tabiiy gaz kabi zarur xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan muammolar tezkor yechim talab qiladi.

Andijon shahri, “Tinchlik”MFY, Ya.Ashurov ko‘chasida yashovchi fuqaro B.Muhammedov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilib, xonadonidagi eski gaz hisoblagichi gaz ta’minoti xodimlari tomonidan yechib ketilgani, yangi aqlli gaz hisoblagichni o‘rnatish uchun my.gov.uz portali orqali belgilangan tartibda ariza berganiga qaramay, uzoq vaqt davomida natija bo‘lmaganini ma’lum qildi. Shu sababli u tabiiy gazdan to‘liq foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Murojaat Andijon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan zudlik bilan o‘rganildi. Mas’ul gaz ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda holat atroflicha tahlil qilinib, muammoning kelib chiqish sabablari aniqlandi hamda iste’molchining qonuniy huquqlarini tiklash yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

Olib borilgan ishlar va hamkorlikdagi sa’y-harakatlar natijasida murojaat ijobiy hal etildi. Fuqaroning xonadoniga yangi aqlli gaz hisoblagichi o‘rnatildi va uning tabiiy gazdan uzluksiz foydalanishi ta’minlandi.

📞 Siz ham huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, 1091 “Ishonch telefoni” orqali murojaat qiling. Har bir murojaat e’tiborda!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening