Выберите язык

Har bir xaridor xarid qilayotgan mahsulotining sifatli, xavfsiz va belgilangan talablarga mos bo‘lishiga haqli. Afsuski, ayrim holatlarda iste’molchilarning qonuniy talablari e’tiborsiz qoldirilmoqda. Biroq bunday vaziyatlarda qonun iste’molchi manfaatini himoya qiladi.

Jizzax viloyati, Forish tumanidan Andijon shahriga mehmon bo‘lib kelgan fuqaro S.Tursunboyeva shahardagi “Muslima Shop” savdo do‘konidan ayollar kiyimlari va ayollar sumkasini xarid qilgan. Mahsulotlar ko‘zdan kechirilganda, xarid qilingan sumkaning sifati belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlangan.

Iste’molchi nuqsonli mahsulotni almashtirish maqsadida savdo do‘koniga murojaat qilgan bo‘lsa-da, uning qonuniy talabi sotuvchi tomonidan rad etilgan va fuqaro O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilgan.

Murojaat Federatsiyaning Andijon shahar jamiyati tomonidan tezkor tartibda ko‘rib chiqilib, savdo subyekti bilan amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada masala sudgacha yetib bormasdan, o‘zaro kelishuv asosida hal etildi hamda iste’molchiga sifatsiz mahsulot o‘rniga yangi mahsulot taqdim etildi.

Agar siz ham sifatsiz mahsulot yoki xizmat tufayli huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 “Ishonch telefoni” ga murojaat qiling.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening