Выберите язык

  Navbahor tumani Uchtut MFYda yashovchi fuqaro B.S. Navbahor tumani Beshrabot markazida joylashgan "Imona" savdo markazidan 4 million 200 ming so‘mga "Zifler" rusumli konditsioner xarid qilgan. Biroq mahsulot uyga o‘rnatilgach, ishlamasligi aniqlangan.
Iste'molchi ushbu holat yuzasidan sotuvchiga bir necha bor murojaat qilgan bo‘lsa-da, muammo o‘z vaqtida bartaraf etilmagan. Shundan so‘ng fuqaro 1091 ishonch telefoniga murojaat qilgan.
 Murojaat Navbahor tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan qisqa muddatda o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rildi. Natijada iste'molchining qonuniy talabi qanoatlantirilib, nosoz "Zifler" konditsioneri yangisiga almashtirib berildi.
Iste'molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening