Выберите язык

Qumqo‘rg‘on tumanida maishiy texnika servisi bilan bog‘liq murojaat o‘rganilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Qumqo‘rg‘on tumani Xunarmandlar mahallasi Kindiktepa ko‘chasida yashovchi fuqaro Y.D. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali murojaat qilib, xonadonidagi gaz plitasi bilan bog‘liq muammo yuzasidan amaliy yordam so‘ragan.

Murojaatda fuqaro 99-616-00-01 raqamli servis xizmati orqali gaz plitasini ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash uchun ariza bergani, biroq shu kungacha servis xodimi kelmagani hamda muammo hal etilmay qolayotganidan norozi ekanini bildirgan. Iste’molchining ta’kidlashicha, gaz plitasi kafolat muddati davomida nosozlik bergan bo‘lib, bu holat xonadonda kundalik maishiy ehtiyojlarni qondirishda noqulaylik tug‘dirgan.

Mazkur murojaat belgilangan tartibda Qumqo‘rg‘on tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborilib, jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida fuqaroning murojaatida bayon etilgan holatlar, servis xizmati bilan bog‘liq vaziyat hamda gaz plitasini ta’mirlash masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jamiyat xodimlari tomonidan mas’ul tomonlar bilan muloqot o‘tkazilib, iste’molchining qonuniy huquqlari, kafolat muddati davomida mahsulotda aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish tartibi hamda xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarning majburiyatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Olib borilgan amaliy choralar natijasida fuqaro Y.D.ning murojaatida ko‘rsatilgan masala ijobiy hal etildi. Gaz plitasi bilan bog‘liq muammo bartaraf etilib, iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirildi.

Mazkur voqea maishiy texnika mahsulotlarini xarid qilish yoki servis xizmatlaridan foydalanishda iste’molchilar kafolat muddati, xizmat ko‘rsatish shartlari, ariza berish tartibi hamda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning majburiyatlariga alohida e’tibor qaratishi zarurligini ko‘rsatadi.

Agar kafolat muddati davomida mahsulotda nosozlik aniqlansa yoki servis xizmati belgilangan tartibda ko‘rsatilmasa, iste’molchi ta’mirlash, almashtirish, to‘langan mablag‘ni qaytarish yoki boshqa qonuniy talablar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Qumqo‘rg‘on tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning og‘zaki va yozma murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xizmat ko‘rsatish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarga qonuniy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi?
1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening