Выберите язык

Oltinsoy tumanida iste’molchi tomonidan bildirilgan og‘zaki murojaat o‘rganilib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Oltinsoy tumanida yashovchi fuqaro Buronova Zavra tumandagi savdo do‘konidan kredit asosida changyutgich hamda muzlatkich xarid qilgan. Biroq xarid jarayonidan so‘ng do‘kon tomonidan uning plastik kartasidan ortiqcha 200 ming so‘m pul mablag‘i yechib olinganidan norozi bo‘lib, Oltinsoy tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat qilgan.

Murojaatda fuqaro xarid uchun belgilangan to‘lovlardan tashqari qo‘shimcha ravishda ortiqcha mablag‘ yechib olingani uning haqli e’tiroziga sabab bo‘lganini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan amaliy yordam so‘rab, o‘zining iste’molchi sifatidagi huquqlarini tiklashda ko‘mak berilishini so‘ragan.

Ushbu murojaat Oltinsoy tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinib, tuman jamiyati rahbari D. Qo‘shoqova boshchiligida  o‘rganildi. O‘rganish davomida iste’molchining vajlari, kredit asosida amalga oshirilgan xarid tafsilotlari, to‘lov hujjatlari hamda plastik kartadan yechib olingan mablag‘lar bilan bog‘liq holatlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, masala yuzasidan savdo do‘koni mas’ullari bilan muloqot o‘tkazilib, amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchining moliyaviy manfaatlarini himoya qilish zarurati hamda to‘lov jarayonida aniqlik va shaffoflikni ta’minlash lozimligi tushuntirildi. O‘rganish natijasida iste’molchining plastik kartasidan ortiqcha 200 ming so‘m mablag‘ yechib olingani tasdiqlanib, ushbu holatni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada murojaat iste’molchi foydasiga hal etilib, ortiqcha yechib olingan pul mablag‘i qaytarilishi ta’minlandi. Shu tariqa fuqaro Buronova Zavraning qonuniy manfaatlari himoya qilinib, uning buzilgan huquqi tiklandi.

Mazkur holat iste’molchilar maishiy texnika vositalarini kredit asosida xarid qilayotganda shartnoma shartlari, to‘lov jadvali, yechiladigan mablag‘lar miqdori, to‘lov hujjatlari va plastik karta orqali amalga oshirilayotgan hisob-kitoblarni diqqat bilan nazorat qilishi lozimligini yana bir bor ko‘rsatadi. Ayniqsa, kredit asosidagi savdolarda har bir band bilan sinchiklab tanishish, to‘lov summalarini tekshirish va ortiqcha mablag‘ yechib olingan holatlarda zudlik bilan tegishli tartibda murojaat qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Oltinsoy tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning og‘zaki va yozma murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarga qonuniy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi?
1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

 
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening