Выберите язык

Mirzaobod tumanida fuqaroning gaz quyish shoxobchasidagi xizmatdan noroziligi yuzasidan qilgan murojaati ko‘rib chiqildi. Murojaat natijasida iste’molchiga qayta xizmat ko‘rsatilib, avtomobilining 600 ming so‘mlik ehtiyot qismlari almashtirib berildi.

Murojaatda fuqaro 2026-yil 29-iyul kuni avtomobiliga gaz quyish maqsadida gaz quyish shoxobchasiga kirganini bildirgan. Unga ko‘ra, avtomobiliga gaz quyilganidan so‘ng transport vositasida nosozlik yuzaga kelgan.

Shuningdek, iste’molchi xizmat ko‘rsatish jarayonida unga yetarlicha tushuntirish berilmagani va xodimlar tomonidan muomala madaniyatiga rioya qilinmaganidan noroziligini bildirgan.

Murojaat Mirzaobod tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish davomida gaz quyish shoxobchasida tegishli tushuntirish ishlari olib borilgan. Shuningdek, murojaatchiga qayta xizmat ko‘rsatilgan.

Natijada fuqaroning avtomobiliga 600 ming so‘mlik ehtiyot qismlar almashtirib berilgan.

Shu tariqa, murojaatchining talabi ijobiy hal etilib, uning huquq va manfaatlarini tiklash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

Mirzaobod tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, mazkur murojaat bo‘yicha ish yuritish amaldagi tartibga muvofiq yakunlangan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening